Özbekiston va Markaziy Osiyoda taniqli bölgan ulamo Sayyid Sirojiddinxon (Jahongirov Sirojiddin domla) rahimahullohning öğli, taniqli ahli ilmlardan bölgan ustoz Sayyid Muhammadxon Jahongir bilan ilmiy uçraşuv bölib ötdi

Yurtimizda taniqli ahli ilmlardan bölgan islomşunos va hadisşunos olim, "Turkiston Sayyidlari va Eşonlari" xalqaro taşkilotining muassislaridan biri, ustoz Sayyid Muhammadxon Jahongir xalqaro taşkilotimizning boş ofisiga taşrif buyurdilar. U kişini xalqaro taşkilotimiz raisi islomşunos olim Sayyid Sardorxon Jahongir hamda taşkilotimizning ilmiy jamoasi kutib oldilar.
Mazkur uçraşuvda ustoz Sayyid Muhammadxon Jahongir taşkilotimizning Özbekiston va Markaziy Osiyoda olib borayotgan şajaraşunoslik-manbaşunoslik sohasidagi ilmiy-tadqiqotlari bilan va tahririyat-naşriyot yönalişida amalga oşirilgan işlar hamda bu sohalardagi istiqbolli rejalar bilan tanişib çiqdilar. Jumladan, yurtimizda birinçi marta naşr etilgan QUR’ONI KARIM ma’nolari özbek tiliga sözma söz tarjimasi yuzasidan va boşqa rejadagi ilmiy işlar böyiça öz fikr-mulohazalarini bildirdilar. Şuningdek, şajaraşunoslik-manbaşunoslik naqobat faoliyatini olib boriş, Markaziy Osiyo xalqlari orasida oilaviy şajaralarni keng tarqatiş, qadimiy qölyozma şajaralarni tadqiq va tahlil etiş, ularni xalqaro darajada qayta tasdiqlaş va keng jamoatçilik orasida tar’gibot işlarini olib boriş yuzasidan fikr-mulohazalar va takliflarni bildirdilar. Ilmiy suhbat yakunida uşbu xayrli işlar xalqimizga manfaatli bölişini sörab duoi fotihalar qilindi.
Ma'lumotnoma:
Ustoz Muhammadxon Jahongir diyorimiz va Markaziy Osiyoda taniqli bölgan ulamo Sayyid Sirojiddinxon Jahongir rahimahullohning tönğiç farzandi hisoblanadilar. Şu örinda, Sayyid Sirojiddinxon Jahongir (Sirojiddin domla Jahongirov)ning ota-bobolari haqida, hayotlari va faoliyatlari töğrisida ma’lumot berib ötsak:

Sayyid Sirojiddinxon Sayyid Burhoniddinxon öğli (Sirojiddin domla Jahongirov (1945-2009)
Sayyid Burhoniddinxon (1920-1977) ibn Sayyid Jahongirxon Eşon Piri Zanjirband (1872-1937) xonadoni Toşkentning ziyoli, ma’rifatli xonadonlaridan bölgan. U kişining otasi Sayyid Jahongirxon Eşon Piri Zanjirband Samarqandiy Toşkandiy ibn Sayyid Haydarxon bölib, asli Samarqandlik eşonlardan edilar. Sayyid Haydarxonning tört öğli bölgan, ular - Sayyid Faqirxon, Sayyid Salmonxon, Sayyid Abbosxon va eng kenjasi Sayyid Jahongirxon Samarqandiy Toşkandiy edilar. Sayyid Jahongirxon Eşonning Sayyid Amir Hamzaxon (1913-1981), Sayyid Burhoniddinxon (1920-1977), Sayyid Asrorxon, Muhibaxon va Muborakxon ismli farzandlari bölgan. Sayyid Amir Hamzaxonning farzandlari Sayyid Abulqosimxon (1946-2021, ahli ilm va tariqat peşvosi, manbaşunos, ansobşunos naqib, yurtimizdagi köplab masjidlarni bunyod etilişida saxovatpeşalik va jonbozlik körsatganlar), Abulhoşimxon, Abulmuzaffarxon, Tursunoyxon, Başoratxon va Malohatxon ismli farzandlar dunyoga kelgan.
Sayyid Abulqosimxon Jahongirovning farzandlari: Diloromxon (1974), Sayyid Sardorxon Jahongir (1977 y.t. “Turkiston Sayyidlari va Eşonlari” xalqaro taşkiloti raisi, islomşunos va manbaşunos olim), Sayyid Sarvarxon, Dilovarxon (1982), Sayyid Sanjarxon (1984).



suratda: Sayyid Amir Hamzaxon oilasi hamda Sayyid Abbosxonning rafiqasi Sayyida Saboxatxon qozikalon Muhammad Isoxonxoja Sadr Musaviy Razzaviy Samarqandiy qizi öz oilasi bilan, Toşkent şahri 1950 y.

suratda: Sayyid Abulqosimxon Hamzaxon öğli
Uşbu sulolaning nasab şajarasi avlodlarida saqlanayotgan qadimiy qölyozma şajaralar va avlodnomalarga asosan Hazrati Sayyid Mir Baraka (Amir Temurning piri) orqali Ğavsul A’zam Şayx Abdulqodir Jiyloniy hazratlariga va u zot orqali Sarvari olam Hazrati Muhammad alayhissalomning ahli baytlariga borib tutaşadi.


suratda: Sulolaga tegişli qadimiy qölyozma nasab şajarasi

suratda: Qodiriyya irşod hujjati
Mazkur sulolaning qadimiy qölyozma şajarasi hamda ijozatnoma irşod hujjatlari bobolaridan avlodlarigaça yetib kelgan bölib, ularda Şayx Abdulqodir Jiyloniy hazratlarining nasablari “sahih un-nasab” ya’ni çin pokiza nasabli va Hasaniy-Husayniy “sayyid ut-tamom” ya’ni ikki tomonlama sayyid - ota tomondan Imom Hasan (r.a.)ga, ona tomondan Imom Husayn (r.a.) ibn Hazrati Ali (k.v.)ga boğlanişi bayon etilgan. Şuningdek, Sayyid Jahongirxon Eşon Piri Zanjirband Samarqandiy Toşkandiy diyorimizda Yassaviya va Xojagoni Naqşbandiya tariqatlari singari maşhur bölgan Qodiriyya tariqati piri Ğavsul A’zam Şayx Abdulqodir Jiyloniy (q.s.) sulukining davomçisi, murşidi hamda irşod sohibi edilar. 1937 yilda bu uluğ zot ham boşqa sayyidlar, xöjalar va eşonlar singari qonxör Şöro hukumatining qatağon siyosati qurboniga aylangan.
Sayyid Burhoniddinxon ana şunday uluğ zotlarning avlodlaridan edilar. U kişi farzandi arjumandi Sayyid Sirojiddinxonni ham bolaligidan ana şu şarafga munosib inson qilib tarbiyaladilar, unga islomiy bilimlarni örgatişga astoydil harakat qildilar. Sayyid Sirojiddinxon boşlanğiç diniy ilmlarni padari buzrukvorlaridan oldilar. Otalari u kişini Qur’oni Karimni yod olişga rağbatlantirdilar. 1969 yili örta maktabni tamomlagan Sayyid Sirojiddinxon Buxorodagi maşhur Mir Arab madrasasiga öqişga kiradilar. Maktab yillaridayoq diniy ilmlarni puxta örganlari bois madrasada qiynalmay tahsil oladilar va 1976 yili madrasani muvaffaqiyatli tugatadilar.

suratda: Mir Arab madrasasi (Buxoro)
Sayyid Sirojiddinxon iqtidorli, salohiyatli va öz ustida işlaydigan tirişqoq yoşlardan bölgani uçun Mir Arab madrasasidagi öqiş bilan kifoyalanib qolmadilar. 1976-1980 yillarda Imom Buxoriy nomidagi Toşkent Islom institutida tahsil olib, oliy ma’lumotli islomşunos mutaxassis bölib yetişdilar. Talabalik yillaridayoq Örta Çirçiq tumanidagi «Töytepa» jome’ masjidida imom-xatiblik qilişni boşlab yubordilar. Sayyid Sirojiddinxon domla öşa davrning maşhur allomalaridan ham tahsil oldilar, xususan, Alixon töra Soğuniy hazratlarining uylarida uzoq yillar sodiq şogird bölib xizmat qildilar, to vafotlarigaça u kişida tahsil oldilar. Şuningdek, Şahobiddin qori domla, Lazgin domla (Sirojiddin domla), Döstmuhammad domlalardan ham ta’lim oldilar. 1980 yillardan boşlab Sayyid Sirojiddinxon domla Jahongirov Örta Osiyo va Qozoğiston musulmonlari diniy boşqarmasi tizimida işlay boşladilar. Diniy boşqarmada yetakçi xodim, boşqarma qoşidagi “Movarounnahr” naşriyotida bölim mudiri va muharrir, “Tilla Şayx jome’” masjidida mutavalli vazifalarida işladilar. Toşkent şahrida “Töxtaboy” jome’ masjidi qayta oçilgaç, Sayyid Sirojiddinxon domla unga mutavalli etib tayinlanganlar. 1996-1999 yillarda esa Çorsu dahasidagi “Şoh Aziz Avliyo” masjidiga imom-xatib böldilar.
Yillar davomida boy tajriba töplagan Sayyid Sirojiddinxon domla mudarrislik sohasida ham jonbozlik körsatib, islom ta’limotiga köp xizmatlar qildilar. 1992-1993 yillar mobaynida Toşkentdagi “Abulqosim” madrasasida, 2000-2008 yillarda “Kökaldoş” madrasasida yoşlarga arab tilining sarfi va nahvidan, Qur’oni karim tafsiridan dars berdilar. Sayyid Sirojiddinxon domla Şayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rahimahullohning eng yaqin döstlari edilar. “Kökaldoş” madrasasi binosida Sayyid Sirojiddinxon domlaning alohida hujralari bölib, u yerdan odamlar uzilmas edi. Goh talabalar tuşunmay qolgan darslarini sörab kirişar, goho biror diniy masalada yeçim topa olmay qolgan kişi u zotdan maslahat söraş uçun eşik tagida navbat kutayotgan bölar edi. Köpinça ziyolilar bilan şirin suhbatlar boşlanib ketar, torgina hujra ma’rifat işqibozlariga tölib ketar edi.

suratda: Kökaldoş madrasasi, Toşkent ş.
Sayyid Sirojiddinxon domlaning köplab ilmiy maqolalari «Hidoyat» jurnalida, «Islom nuri» gazetasida çop qilingan. Bundan taşqari, Sayyid Sirojiddinxon domla Jahongirov 1992-1993 yillarda efirga uzatilgan Payğambarimiz Muhammad alayhissalomning siyratlari haqida hikoya qiluvçi «Sarvari olam», 1993-1994 yillarda efirga çiqqan Islomda poklik va halollik masalalariga bağişlangan «Poklik iymondandir», Alloh zikrining qalb xastaliklariga şifo bölişi haqida «Dil şifosi» turkumidagi 1998-2005 yillarda e’lon qilingan diniy-ma’rifiy eşittirişlarning muallifi ham bölganlar. Sayyid Sirojiddinxon domla 1990 va 1992 yillari muborak haj safarini ado etganlar.
Turkiyada yaşab turgan farzandlari va nabiralarini körgani borgan taniqli din olimi, mudarris, ma’rifatparvar inson Sayyid Sirojiddinxon domla Jahongirov 2009 yilning 13 iyunida Istanbul şahrida vafot etadilar va öşa yerda dafn qilinadilar.
Sayyid Sirojiddinxon domla farzandlarini ham dini islomga kamarbasta ahli ilmdan qilib tarbiyalaganlar. Tönğiç öğillari Sayyid Muhammadxon Jahongir islomşunos va hadisşunos olim bölib, Misrdagi «Al-Azhar» jome’asini tamomlaganlar. Bir neça yil Toşkent islom institutida tolibi ilmlarga ta’lim berib, köplab şogirdlarni yetiştirganlar. U kişi "Turkiston Sayyidlari va Eşonlari" xalqaro taşkilotining asosçilaridan biri hisoblanadilar. Hozirda Turkiya davlatida istiqomat qilib, hadisşunoslik böyiça ilmiy işlar olib bormoqdalar. Sayyid Sirojiddinxon domlaning ikkinçi öğillari Sayyid Zikrullohxon ham Misrda tahsil olgan, ilm dargohlarida ustozlik qilib, bir neça şogirdlar yetiştirganlar. Domlaning tört qizlari, öndan ziyod nabiralari ham dini islomga kamarbasta insonlar bölib yetişişgan, ösib kelayotgan yoş avlodlari esa Qur’on va hadis ilmlarini qunt bilan örganib kelişmoqda.


suratda: Hazrati Sayyid Mir Baraka avlodi naqib Sayyid Abulqosimxon eşonbobo qarindoş şogirdlari Sayyid Ilhomxon Bahodirga ansobşunos-naqiblikda ijoza va duoi fotiha bermoqdalar , Toşkent, 2021 y.
Alloh ötgan bu uluğ zotlarning ruhlarini şod va oxiratlarini obod aylasin! Farzandlari va nabiralarini ilmu amallariga rivoj, umrlari va kasbi korlariga xayru barakotlar ato qilsin!
dr. Sayyid Ilhomxon Bahodir Razzaviy Husayniy, “Turkiston Sayyidlari va Eşonlari” xalqaro taşkilotining tadqiqotçisi, ansobşunos, naqib al-aşraf.










