Avliyolar sultoni Xoja Ahmad Yassaviyning Toşkentdagi nabirasi - Suzukota Mustafoqul

Xoja Ahmad Yassaviyning otasi Ibrohim şayx Sayramda tuğilib, özining kaşfu karomatlari bilan maşhur bölgan. Onasi esa Ibrohim şayxning xalifalaridan Şayx Musoning qizi – Oyşa (Qorasoç ona) bölgan. Xoja Ahmad şayx Ibrohimning 1041 yili tuğilgan ikkinçi farzandi bölib, opasi Gavhari Şahnozdan keyin dunyoga kelgan, undan keyin ukasi Sadrota tavallud topgan. Ahmad Yassaviyning bobokaloni Iftixor şayxning Mahmud şayx va Muhammad şayx ismli öğillari bölgan. Mahmud şayx Ahmad Yassaviyning bobosi bölgan. Muhammad şayxdan ham avlodlar boqiy qolgan.
Xoja Ahmad Yassaviyning nasabnomasi köplab qadimiy manbalar va qölyozma şajaralarda quyidagiça keltirilgan: Sulton Xoja Ahmad Yassaviy ibn Ibrohim şayx ibn Mahmud şayx (akasi Muhammad şayx) ibn Iftixor şayx ibn Umar şayx ibn Ismoil şayx ibn Ali şayx ibn Usmon şayx ibn Hasan şayx ibn Muso şayx ibn Mömin şayx ibn Xorun şayx ibn Is’hoq bob (ukalari Yuvoş bob va Abdujalil bob) ibn Abdurahmon ibn Abduqahhor ibn Abdujabbor ibn Abdulfattoh ibn Muhammad Hanafiya ibn Hazrati Ali (k.v.).
Ahmad Yassaviy avval otasidan, söng onasidan yoş judo bölgan, bolalarni toğalari Latif şayx va Mustafoquli şayx öz tarbiyasiga oladi. Yoş Xoja Ahmadning ilk ustozi Oq ota (Şayx Şahobiddin Isfinjobiy) bölgan. Keyin Arslonbobdan saboq olgan.
Öşa davrlardagi bir voqea Xoja Ahmad şuhratining butun Turkistonga yoyilişiga sabab bölgan. Tarixnavislarning aytişlariça, Xoja Ahmad Sayramdagi Yassi degan mavzeda tuğilgani bois Yassaviy deb nomlangan ekan, ammo qadim manbalar va qölyozma şajaralarda keltirilişiça, quyidagi rivoyatda kelgan bir voqea bunga sabab bölgan ekan: Turkistonda Yassaviy degan bir sulton hukmronlik qilib, qişni Samarqandda, yozni Turkiston toğlarida ov bilan ötkazar ekan. Yoz kunlarining birida u Qoraçuq toğiga ovga çiqibdi, lekin toğ ğoyat tik bölgani sabab ovi baroridan kelmabdi. Şunda hukmdor toğni tekislaşga qaror qilibdi. Raiyatidagi şahar va qişloqlarda xizmat qiluvçi barça şayxlarni çaqirtiribdi. Ularning qilgan duoi tazarrulari natijasiz qolibdi. “Yiğinga kelmagan biror valiy qoldimi?” deya suriştirilganda, şayx Ibrohimning öğli Xoja Ahmad kelmagani ma’lum böladi. Uni Sayramdan çaqirtirib keladilar. Opasi va marhum otasining ma’naviy işorasi bilan Yassiga boradi. Otasining xirqasiga öranib, qilgan duosi natijasida yoqqan kuçli yomğir selga aylanib, Qoraçuq (ba'zi manbalarda Qoraçiq) toği erib tuşadi. Bu yuksak karomatning guvohi bölgan hukmdor öz ismini qiyomatga qadar boqiy qilişini istaydi. Şunda yoş Xoja Ahmad: “Olamda har kim bizni sevsa, sening noming bilan bizni yod etsin”, deya duo qiladi. Şu bois tarixda ham Xoja Ahmad taxallusi Yassaviy nomi bilan maşhur bölgan ekan.
Xoja Ahmad Arslonbobning vafotidan keyin köp mamlakatlarda bölib, oxiri Buxoroi şarifga borib, bu qadim şaharning fozil olimi va şayxi Şayx Yusuf Hamadoniy (q.s.)dan tahsil oladi. Şayx Yusuf Hamadoniy mutasavvuf böliş bilan birga hadis olimi ham edi. Şu bois Xoja Ahmad Yassaviyning hikmatlari va ta’limotidagi oyat hamda hadis ta’sirlarining manbalaridan biri muhaddis ustozidan olgan darslaridir. Şayx Hamadoniyning ta’lim-tarbiyasi bilan qisqa vaqtda uning uçinçi xalifasi darajasiga yetadi. Ustozi arabiy va forsiyda sözlab, yozganiga qaramay, Xoja Ahmad Yassaviy özi mansub xalqning tilida ijod qildi. Bilim va ma’rifatni turkiy til bilan ommaga yetkazdi. Ahmad Yassaviy öz hikmatlari orqali xalqqa oyat va hadislar mazmunini yengil, sodda tarzda anglatdi. U yozgan “Devoni hikmat” nomli asarida tört ming tört yuz hikmatlar aytilgan.

Xoja Ahmad Yassaviy Turkistonga qaytib kelib, ta’lim-tarbiya bilan şuğullanadi. Uning turkiy tilda ilm berişi va köplab karomatlari haqida eşitib, Turon zaminining köplab şaharlaridan yuzlab tolibi ilmlar Yassiga seldek oqib keladilar. Turkistonda Jamolxonim degan oqila qizga uylanib, undan Şayxzoda Ibrohim ismli öğil va Gavhari Xuştoj ismli qiz köradi. Içi qora odamlar öğlini yoşlik çoğida şahid qiladilar. Qizi Gavhari Xuştojni Qoraçuq qişloğida yaşaydigan xalifasi Sulaymon Valining öğli Xoja Valining farzandi Ahmad al-Qoraçuqiy şayxga turmuşga beradilar. Bu nikohdan Imod (Omadi) şayx, Abdul Vali (Sodon) şayx va Mustafoqul (Suzukota) şayx ismli nabiralar dunyoga kelgan. Ahmad Yassaviyning sa’y-harakatlari bilan musulmonlaşuv jarayoni kuçaygan Yassi va Yettisuv hududiga ham tasavvuf kirib keldi. Ahmad Yassaviy Toşkent va Sirdaryo hududlari, Sayhunning şimolida yaşagan köçmançi turkiylar orasida katta nufuzga ega böldi. Ahmad Yassaviyning izdoşlari Turon zamin, Onaduliya (hozir Turkiya), Janubiy Yevropa, Osiyo diyorlarida unumli faoliyat körsatib, yassaviylik ta'limotini tarğib qiladilar. XII asrdan e’tiboran yassaviya darveşlari köçmançi qabilalar orasida ta’lim-tarbiya işlari bilan maşğul böldi. Hikmat deb atalgan diniy-tasavvufiy törtliklar oğizdan-oğizga ötib, diniy va axloqiy tarbiyani şakllantirişda muhim örin tutgan. Musulmonçilikning faqatgina turkiylar örtasida emas, balki Kaşmir, Bangladeş va Hindiston ölkalarida ham keng tarqalişiga ulkan xizmat körsatgani uçun mazkur mamlakatlarning musulmon xalqlari va olimlari Xoja Ahmad Yassaviy hazratlaridan minnatdorlar va u zotning ta'limotlari haqida köplab asarlar çop ettirganlar. Hatto yassaviya darveşlari buzğunçi e’tiqodlarga qarşi kuraşib, asl musulmonçilikni örgatganlari bois, hind aholisi islom sevgisiga muşarraf bölganlar. Uluğ şayxning yaqinida ön ikki ming va undan uzoqda esa töqson ming muridi bölgan ekan. Şuning uçun Xoja Ahmad Yassaviyni avliyolar sultoni deyişgan.
Xoja Ahmad Yassaviy oltmiş uç yoşga tölganida, Hazrati Muhammad (sav)dan ortiq umr körişni öziga ep körmay, dunyo işlari va uy-yumuşlaridan voz keçib, uzlat qilib yer osti çillaxonasiga kirgan. U yerda eng yaqin şogirdlari bilan muloqot qilib, yöl-yöriqlar va tavsiyalar bergan hamda “Devoni hikmat” asarini yaratgan. Yer ostida ham oltmiş uç yil umr körib, 1167 yili 126 yoşda vafot etgan. Uning qizi Gavhari Xuştoj (Xuştari)dan zurriyotlar davom etgan. Ukasi Sadr şayx ibn Ibrohim şayxdan ham avlodlar boqiy qolgan.

Yassaviy xuddi tirikligidagidek, ölimidan keyin ham köp uluğ zotlarning hurmat-ehtiromiga sazovor böldi. Ikki asrdan söng Xoja Ahmad Yassaviy hazratlari Sohibqiron Amir Temurning tuşiga kirib, Buxoro jangida ğolib bölajagiga doir mujda yetkazadi. Xuşxabar röyobga çiqadi va şundan söng Amir Temur har bir yurişidan oldin hamda zafar qozonganidan keyin Turkistonga borib, öz piri Xoja Ahmad Yassaviyni ziyorat qilar, ilohiyatdan yangi madad olgandek bölar ekan. 1395 yili Amir Temur Oltin Örda xoni Töxtamişxon ustidan qozonilgan zör ğalaba hamda amirzoda Hizrxöjaning qizi Tukelxonimni xotinlikka olişi munosabati bilan Yassi şahriga keladi. Hazrati Sulton Xoja Ahmad Yassaviyning kiçik maqbarasi yoniga kelib, qabr uzra yangi haşamatli va körkam maqbara qurişga farmon beradi. Sohibqiron Amir Temur uvaysiy piri Xoja Ahmad Yassaviyga ixlosi baland bölgan va uning har bir hikmatli baytidan özi uçun olam-olam ma’no kaşf etgan. Xalq Xoja Ahmad Yassaviyni Turon zamin avliyolarining sultoni deb atagan. Buning sababi Ahmad Yassaviy ustozi Arslonbobning vasiyatiga köra, Arabiston diyoriga borib, uzoq yillar önlab pirlardan saboq olib, söngra Buxoroi şarifga kelib, oxirgi ustozi Şayx Yusuf Hamadoniydan irşod oladi. Ustozining vafotidan keyin (1140 vaf.) bir muddat Buxoroda ilm tarqadi va örniga Xojai Jahon Abduxoliq Ğijduvoniy (q.s.)ni şayxlikka qoldirib, Turkistonga qaytib keladi. Arabiston diyoridan arab tilini, Buxoroda fors tilini mukammal egallagan Xoja Ahmad Yassaviy, Turon zamindagi arabiy va forsiy tillarni bilmagan xalqlarga Qur’on va hadislarni turkiy tilda hikmatlar tarzida yozib bebaho hazina qoldirdi. Özbekistonning yarim aholisi, Qozoğiston, Turkmaniston va Turkiyada yaşaydigan xalqlar Yassaviy tariqati ta'limotiga amal qilişgan. Turkiyadagi yassaviyşunos olimlar yozişgan asarlardagi ma’lumotlarga köra, Ahmad Yassaviyning minglab şogird-muridlari bölgan ekan va yuzlab muridlari hamda qarindoşlarini Turkiya, Ispaniya, Albaniya va boşqa mamlakatlarga yuborib, u diyordagilarga ham yassaviya tariqatini yoyişni vazifa qilgan ekanlar.
AHMAD YASSAVIYning naslini va ta'limotini davom ettirgan suyukli nabirasi - SUZUKOTA (Mustafoqul) (≈1140-1217)
Xoja Ahmad Yassaviyning qizi Gavhari Xuştoj (Xuştari) va Turkistonning Qoraçuq (ba'zi manbalarda köhna Qoraçiq şahri) mavze'sida yaşagan xalifasi Sulaymon Valining öğli Xoja Valining farzandi Ahmad al-Qoraçuqiy Şayx (Alixöja Hazrat)dan uç öğil – Hazrat Imod Şayx (Omadi Şayx), Abdul Vali (Sodon Xoja) va Mustafoqul (Suzukota) tuğilgan.
“Sayram tarixi” risolasidan quyidagi bitiklar kelgan: “Bu yerda marqadi muborak Hazrati Şayx Mustafoqul xojaning turbatlari bor. Eşon farzandi arjumand Hazrati Alixöjaotaning erdilar, Hazrati Sulton Xoja Ahmad Yassaviyning qizlaridan bölgan nabiralari erdilar. Yoş bolalik vaqtida bobolarining xizmatiga borur erdilar. Nogoh bobolarining nazar muboraklari tuşib, muhabbat bilan aytdilarki: “Maning suzugim, xuş keldingiz! Maning suzugim (suyukligim), xuş keldingiz!. Şuning uçun mardumlar Suzukota deydilar”. Rivoyat qilişlariça, issiq yoz kunlarining birida ösmirlar qatoriga qöşilgan Mustafoqul (Suzukota), akalari va otasi bilan birga ekinni çopiq qilgani çiqibdi. Işlab çarçagan va çanqagan, qöllari qabargan Mustafoqulning oğzidan: “Ekilgani qolsin, begonasi çiqsin!” degan söz çiqib ketibdi. Şu onda daladagi barça ekinzor begona ötlardan tozalanib qolibdi. Bu hodisani körgan otasi qattiq ranjib: “Beli oğrib mehnat qilib, peşona teri bilan topilgan luqma halol va şirin böladi. Agar istasam, şu onda bu mevani yetiştirib yeyişimiz va barça hosilni yiğib ketişimiz mumkin bölar edi. Kuç- quvvatga töladigan payting, hozirdan osonlik bilan luqma topişga örganma!”, deb qattiq tanbeh beribdi.
Yana kunlarning birida Mustafoqul (Suzukota) akalari bilan böğoz sigir qanday buzoqça tuğişi haqida bahslaşib qolişadi. Kiçik akasi: “Qornida oq olasi bor qora buzoqça”, deydi. Katta akasi esa “Peşonasida oqi bor buzoqça”, deydi. Mustafoqul esa: “Katta akam töğri aytdilar, ammo oq qaşqa peşonasida emas, dumining uçida, dumining uçi peşonasining ustida turibdi”, deydi. Bir neça kun ötib, xuddi u ta’riflagan buzoqça tuğilibdi. Akalari otasining oldiga borib: “Suzukning aytganiday buzoqça tuğildi. Nega doim uning aytgani töğri çiqadi?” deb xomuş bölib qolişibdi. Bu voqeadan keyin otasi uç aka-ukani çaqirib, kenjasi Mustafoqulga: “Ikki qöçqorning boşi bir qozonda qaynamaydi, degan naql bor. Sizlar esa uçtasizlar. Suzukvoy siz erta yetildingiz, endi bu diyor sizga torlik qiladi. Din-diyonat, ilm-u hikmat va halol mehnat qilib luqma topişni tarğib qiliş uçun özga yurtlarga boriş lozim böladi”, deb oq fotiha beradi. Zarur narsalarni xaltaçaga joylab bölib, bir somon çöpini havoga otib: “Şu somon şamolda uçib boradi, söngra suvga tuşadi, uning izidan boraverasan, qayerda töxtab, doira bölib aylansa, öşa yer sening makoning böladi”, deb xayrlaşişadi. Darhaqiqat, mayin şabboda somonni ohista uçirib, katta daryoga olib bordi. Somon daryodan anhorga, undan ariqqa burilib, bir maromda oqdi. Jarlikning orasidagi soylikka borib, çirpirak bölib aylanaverdi. Şu yer mening manzilim ekan, deya jarlikdan tepalikka kötarilib, atrofga nazar soldi. Ikki tomoni jarlik bölib, u yerdan ötadigan anhorlar qöşilib ketgan yarim orol deyarlik kimsasiz, bor-yöği ikkita kiçkina kulba va jarlikning yoqasida çayla bor ekan. Çaylaning soyasida ötirib, onasi yopib bergan kulçani yeb turgan vaqtda, kulbadan bir möysafid çiqib, çayla tomon keladi. Bu joyga iş qidirib keldimikan yoki adaşib kelib qolganmi, degan xayol bilan çaylaga yaqinlaşib, salom-alik qiladi. Yigitning alp qomati va çayir bilaklariga razm solib: “Mabodo ekin çopiq qilmaysanmi? Qilgan işingga qarab biroz aqça va yegulik beraman”, deydi. Yigitning roziligini olib, kulbadan yegulik olib keliş uçun ketadi. Mustafoqul biroz engaşib, egatlar oralab yurib, kafti bilan puştalardagi ötlarni ustidan ötkazib çiqadi-da: “Ekilgani qolsin, begonasi çiqsin”, deydi. Ekinzordagi barça begona ötlar puştalardan otilib çiqib, ariqlarga tuşib qoladi. Yegulik olib keliş uçun ketgan dehqon bu ajoyibotni körib, hangu mang bölib qoladi. Es-xuşini yiğib olib: “Dod! Meni keçiring, ey buzrukvor”, deb Mustafoqul yaktagining etagini mahkam uşlab, közlariga surtadi. Qayta-qayta uzr sörab, mehmon qilib, izzat-ikromni joyiga keltiradi. Bu voqea darhol tevarak-atrofga yoyiladi. Uni körişni istaganlar, hojattalablar va ta'lim olişni istovçilar soni kundan-kun köpayib boraveradi. Köplaşib unga kulba qurib berişadi. Turar joyi tayin bölgaç, Mustafoqul (Suzukota) tez kunda qaytib kelişini aytib, Turkiston tomon yölga otlanadi. Yurtiga borib, ota-onasiga turar manzilini aytib, ularni xotirjam qilib, qaytişida birga ta'lim olgan döstlari, hunarmand ustalar va ilm bergan ustazoda ustozini olib keladi. U bilan kelgan ustalar darhol işga kirişib ketadilar, dastlab bir neçta turarjoylar, söngra talabalar uçun hujralar va masjid qurişadi.

Bu köhna masjid hozirgi kungaça saqlanib qolgan. Şinamgina guzar qurişadi. Guzarda har xil dökonlar, qassobxona, novvoyxona, sartaroşxona va şu kabi hunarmandlarning kiçik dökonçalari bölgan. Guzar örtasiga hovuz kavlaşib, Ördadagi anhordan bu hovuzga suv keltirişgan. Katta köça va tor köçalarda suv ötadigan ariqning yon bağirlariga xilma-xil daraxtlar ekişgan. 1957 yilgaça mahalla aholisi şu ariqlardan suv içişgan. Talabalar biror kasbni örganişi şart bölgan. Ular kelgusida katta ustalar bölib, oilalarini şu kasb-hunarlari orqali boqişgan. Mahallada yaşagan quruvçilar, duradgorlar, qirmaçi, misgar, toqiçi, yoğoç öymakorlar Toşkentdagi köplab mahallalarda quruvçilik va ustaçilik bilan maşğul bölganlar. Şuning uçun juda qadimdan bu mahallani ustalar mahallasi ya'ni usta humarmandlar piri "Suzukota" mahallasi deb ataşgan. Hozir öşa ustalarning avlodlari şu mahallada yaşab, bobolari kasbini davom ettirib kelmoqdalar.

Dastlab bir neçta oiladan iborat aholi kundan-kunga köpayib, katta mahallaga aylangan. Mahallada yaşovçilar asosan yassaviy-suzukotoyi xöjalar oilasiga mansub bölgani uçun u yerni xöjalar mahallasi deb ham ataşgan. Mahalla ayollari ham özlariga munosib hunar bilan maşğul bölgan. Palak, sözana, kaşta, döppi, köylak, nimça tikib, qizlariga ham buni örgatişgan. Turmuşga çiqqan qizlar yangi xonadonga borganidan keyin ham öz kasbini davom ettirib, rözğorga öz hissasini qöşgan. Mahalla ahli şahar taşqarisidagi çekka joylarda boğ va ekinzorlar barpo qilib, yozda boğ hovlilarda dehqonçilik va boğdorçilik bilan şuğullanib, şahardagi hovlilarda qişlagan. Dala hovlilari asosan Samarqand darvoza, Kamolon darvoza, Izza, Qa’ni, Çöponota, Çilonzor Oqtepasi kabi mavzelarda bölgan.
Hazrati Suzukotaning maşhur xalifasi, qöşni mahallada yaşagan Çöponota bölib, u taxminan 1185 yili tuğilgan. Suzukotadan ilm örganib, uning oq fotihasi bilan Samarqanddagi Çöponota tepaligida salkam yigirma yil faoliyat körsatgan. Keyin Toşkentga qaytib, şaharning çetidagi hozirgi Çöponota mavzesida kimsasiz taşlandiq yerlarga suv çiqarib, boğ-roğlar barpo qilgan. Odamlar qalbiga ezgulik uruğini qadagan. Çöponota salkam bir asr umr körib, 1285 yili vafot etadi va şu mavzega dafn qilinadi. "Tarixi jadidayi Toşqand" asarida yozilişiça, 1420 yili Mirzo Uluğbek Çöponota qabri uzra şinamgina maqbara qurdirgan.
Hazrati Suzukota uzoq-yaqindan şifo istab, yoki biror-bir istak, iltimos va hojat talabida kelganlarga yordam bergan. Sayohatga çiqayotganlarga bexatar safar, tijoratçilarning savdosiga baraka va rivoj tilagan. Diyorimizdagi şaharlar va qöşni davlatlar bilan savdo aloqalarini örnatib, usta-hunarmandlar sarmoyasining köpayişiga sababçi bölgan. Bu tinib-tinçimas avliyo zot har bir katta qurilişda özi boş-qoş bölar ekan. Nafaqat özi yaşagan mahalla, balki qöşni Mirlar, Çuqurköprik, Öqçi, Kömirçi kabi mahallalarda ham ustaçilikka asos solgan. Muhtoj va umidvor insonlarning uylariga kutilmagan mehmon bölib borib, ularga zarur bölgan narsalarni ulaşar, har bir işlarida kömak berib, barçani xuşnud etar ekan. Qaysi xonadonda qaçon qanday farzand tuğilişi u zotga ayon bölib, öşa uylarga mehr bilan nazar solar ekan. U asosan bolalarning axloq-odobi va tarbiyasiga katta ahamiyat berib, heç erinmay saboq berar ekan. Dard-taşvişlardan heç qaçon nolimas va boşqalardan ham şuni kutar, ilm olayotgan talabalarni biror kasb-hunar bilan şuğullanişini qat’iy talab qilar ekan.
Hazrati Suzukota bilan bir davrda şaharning közga köringan maşhur insonlari umrguzaronlik qilgan. Hazrati Zangiota (1162–1258) Suzukota yaşagan mahallaga qöşni bölgan Zangiota mahallasida yaşagan va ular onalari tomonidan qarindoş (xolavaçça) bölişgan. Şayx Zayniddin bobo Köyi Orifon (1164–1259) Suzukota mahallasidan ikki mahalla naridagi Kökça mavzesida yaşagan. Şayx Zayniddin boboning xalifasi Xoja Nuriddin Basir (≈1159–1242) ham Suzukota bilan uçraşib, suhbatlarida bölgan.
Hazrati Mustafoqul Suzukotaning ikki farzandi yoş vafot etgan. Uç öğli va uç qizi otasining ezgu işlarini davom ettirgan. Öğillari – Şayx Abulqosim, Şayx Abdulloh va Şayx Abdulhay Yusufxoja, qizlari – Sofiya, Eşonguli va Nurbibi (Nur al-Mömina). Hozirda Suzukotaning bu farzandlaridan tarqagan avlodlar nafaqat Örta Osiyo hududida balki Şarq mamlakatlariga ham keng tarqalgan ekanlar. Jumladan, Suzuk Otaning tönğiç öğli Şayx Abdulloh Xojaning avlodlari Yaqin Şarq mamlakalarida, Suzukotaning kenja öğli Abdulhay Yusufxojaning farzandi avliyo Uvoqota (Xoja Ubaydulloh Mahmud)ning avlodlari Özbekistonning Sirdaryo viloyati Boyovut tumanida, qöşni Tojikistonning Söğd tumanida hamda Qozoğistonda istiqomat qilişadi. Suzuk Otaning qizlari Sofiya va Nurbibi (Nur al-Mömina) öz sulolasidan bölgan yassaviy-suzukotoyi xöjalarga turmuşga çiqişgan, ularning avlodlari ham Özbekistonning Toşkent şahri, Şayxontohur tumanidagi “Suzuk Ota” mahallasida va Toşkent viloyatida yaşab kelişmoqda. Xoja Ahmad Yassaviyning suyukli nabirasi Mustafoqul Suzukota 1217 yili, 77 yoşida vafot etadi. Maqbarasi Toşkent şahrining Şayxontohur tumanida joylaşgan. Hozirda uşbu muborak maskan prezidentimiz Şavkat Mirziyoyevning taşabbuslari bilan ulkan körkam ziyoratgohga va usta hunarmandlar markaziga aylantirilgan.
Kamina "Xoja Ahmad Yassaviy va Suzukota", "Toşkentning tabarruk ziyoratgohlari", "Tariqat silsilasining oltin zanjiri asosçilari va davomçilari" kabi kitoblar muallifi Mir Asqar hoji Abidov dunyodagi bir neça naqobat taşkilotlarining a’zosi va işonçli vakili bölgan şogirdim Sayyid Ilhom Baxodirov bilan Qozoğiston va Tojikistonga amalga oşirgan bir neça ilmiy ekspeditsiyalarimiz va hamkorlikda olib borgan tadqiqotlarimiz natijasida Xoja Ahmad Yassaviyning qizi Gavhari Xuştoj (Xuştari)ning avlodlari şajarasi böyiça köplab qimmatli ma’lumotlar aniqlandi. Bunda şogirdim şajaraşunos Sayyid Ilhom Baxodirovning hissasi katta böldi. U bilan Qozoğistonda ötkazilgan bir neça xalqaro konferensiyalarda iştirok etganmiz va diyorimizdagi sayyidlar va xöjalar haqida aniqlangan tarixiy ma’lumotlarni xalqaro konferensiyalar uçun tayyorlangan maqolalarimizda batafsil yoritganmiz. Jumladan, Qozoğiston Respublikasi Turkiston şahrida “Astana şahrining 20-yilligi va “Hazrati Sulton Xoja Ahmad Yassaviy” qöriqxona muzeyining 40-yillik yubileyi munosabati bilan ötkazilgan xalqaro konferensiyada ham I.I.Baxodirov va Z.Ahmedovalar bilan birga ilmiy ma’ruzalari bilan qatnaşib, “Xoja Ahmad Yassaviy va Suzukota” kitobini va yassaviy xöjalar va Suzukota avlodlarining nasabnoma-plakatini konferensiya iştirokçilariga taqdim etganmiz, natijada xalqaro konferensiya hay’ati tomonidan taşakkurnoma, sertifikatlar va kitoblar bilan taqdirlanganmiz. Şuningdek, Turkiyadan taşrif buyurgan “Xoja Ahmad Yassaviy” xalqaro fondi raisi Ismatulloh Yassaviy janoblari boşçiligidagi bir guruh yassaviyşunos olimlarni Özbekiston böylab yassaviy xöjalar va aziz zotlarning maqbaralarini ziyorat qilişlarini taşkillaştirganmiz. Kamina şogirdim bilan birgalikda “Özbekfilm” tomonidan suratga olinayotgan “Suzuk ota” hujjatli filmining ssenariya hammuallifi va suratga oliş böyiça maslahatçisi bölib qatnaşganmiz. Mahoratli rejissyor Murod Odilov tomonidan suratga olingan uşbu “Suzuk ota” hujjatli filmi Özbekiston va Qozoğiston hududlarida tasvirga tuşirilgan. “Suzuk ota” hujjatli filmi 2020 yil 11-16 noyabr kunlari Turkiyada ötkazilgan Turkiy davlatlarning V-xalqaro hujjatli filmlar festivalida, 31-davlatdan kelgan 5000 ta filmlar içida tanlanib, final bosqiçiga çiqqan 9 ta sovrindor filmlar içida e’tirof etilib, “Billur Sovrin” bilan taqdirlangan. Kamina A.Abidov va I.I.Baxodirov Turkiyadagi “Xoja Ahmad Yassaviy” xalqaro fondining "Yassaviy muhri" mukofoti sovrindori bölganmiz. Şu örinda, Qozoğistonning Qoraçiq diyoriga bağişlangan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada ilmiy ma’ruzalar bilan qatnaşib, uşbu diyordagi yassaviy va suzukotoyi xöjalar avlodlarining şajara-plakatini hamda yozgan kitoblarimizni "Qoraçiq" muzeyi uçun taqdim etganmiz, natijada yassaviyşunoslikka va ikki qardoş xalqning döstligini yanada mustahkamlaşga qöşgan kamtarona xizmatlarimiz inobatga olinib, Turkiston Qoraçiq okrugi hokimi Furqat Aytmetov tomonidan kamina A.Abidov va I.I.Baxodirov Qozoğiston Respublikasi Turkiston “Qoraçiq” faxriy döstlik medali bilan taqdirlanganmiz. Kamina Suzukota avlodi Mir Asqar hoji Abidov 2021 yili Özbekiston Respublikasi Mustaqilligining 30 yilligi munosabati bilan, Özbekiston faxriylarining ijtimoiy qöllab-quvvatlaş “Nuroniy” jamğarmasi vasiylik kengaşining 2021 yil 19 apreldagi 1-sonli Qaroriga asosan “Mehnat faxriysi” kökrak nişoni bilan taqdirlandim. 2022 yili Özbekiston Respublikasi xalqaro “Oltin Me’ros” jamoat fondining raisi Amirqul Karimov tomonidan “Oltin Me’ros” kökrak nişoni bilan taqdirlanganman. Hozirda Özbekiston Respublikasi xalqaro “Oltin Me’ros” jamoat fondining "şajaraşunoslik va manbaşunoslik" jamoaviy bölimi mudiri va tadqiqotçisi sifatida faoliyat körsatyapman. Şogirdlarim N.Z.Abrorov va I.I.Baxodirov bilan birgalikda qirq beş metrli "Moziydan Sado" şajaralar töplamini kitob holatiga keltirib naşr ettirib, yassaviyşunos olimlarga hadya qilişni niyat qilganman. Uşbu tayyorlanayotgan yangi kitobimda yassaviy xöjalar avlodlari şajarasi bilan bir qatorda xöjalar, sayyidlar, xonlar va amirlarning nasab şajaralari hamda Yassaviya, Naqşbandiya kabi tariqat murşidlarining oltin silsilalari jamlangandir.



suratda: Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyev va Suzukota avlodi tarixçi-şajaraşunos olim akademik Mir Asqar hoji Abidov bilan suhbatda

suratda: Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyev va marhum muftiy Usmonxon Alimov Hazrati Suzukota Mustafoqul maqbarasi ziyoratida

suratda: Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyev va Ahmad Yassaviyning ukasi Sadr şayxning avlodi Namanganlik 108 yoşli Ibrohim hojiota Xöjayev bilan suhbatda

suratda: (çapdan) - "Mahalla" TV kanali jurnalisti Erkinbek, Turkiyadagi Butunjahon "Xoja Ahmad Yassaviy" xalqaro fondi raisi Xoja Ahmad Yassaviyning 27-çi avlodi Ismatulloh Yassaviy va dunyodagi nufuzli Naqobat taşkilotlarining azosi va naqibi Sayyid Ilhom Bahodirxon.

suratda: Ahmad al-Qoraçuqiy Şayx (Alixöja Hazrat)ning Turkistonlik avlodi professor Aşirboy Yusubaliyev va akademik tarixçi-şajaraşunos olim Mir Asqar hoji Abidov

suratda: Xalqaro konferentsiyalardan lavhalar


suratda: (öngdan) - Suzukotaning nabirasi Uvoqota (Xoja Ubaydulloh Mahmud)ning Boyovutdagi avlodi 99 yoşli Tursunqul hojibobo, Sayyid Mir Barakaning avlodi marhum Sayyid Abulqosimxon eşon va tarixçi-şajaraşunos olim Mir Asqar hoji Abidov

tarixçi-şajaraşunos olim, akademik Mir Asqar hoji Abidov, “Turkiston Sayyidlari va Eşonlari" xalqaro taşkilotining faxriy şajaraşunosi, mehnat faxriysi.










