Sayyid Hidoyatulloh Ofoqxoja hazratlarining Surxondaryodagi avlodlariga xalqaro miqyosda tasdiqlangan şajara va maxsus sertifikat topşirildi

“Turkiston Sayyidlari va Eşonlari” xalqaro taşkilotining mutaxassislariga Surxondaryo viloyati, Jarqörğon tumanidan Xöjabekov Sayyid Muhammad Yusufxon Sayyid Abduraşidxon öğli murojaat etib, özlarini Sayyid Hidoyatulloh Ofoqxoja avlodlaridan ekanliklarini ta’kidlaşgan edilar. Şuningdek, ular oilaviy hujjatlarini va ota-bobolaridan yozib olingan nasabnomani xalqaro taşkilotimiz mutaxassislariga tadqiq etiş va xalqaro miqyosda qayta tasdiqlab berişni sörab murojaat etgan edilar. Bizning nasabşunos naqiblarimiz taqdim etilgan ma’lumotlarni “Turkiston Sayyidlari va Eşonlari” xalqaro taşkilotining arxividagi qölyozmalar bilan hamda hamkor Naqobat markazlarining qadimiy ansob kitoblaridagi ma’lumotlar bilan soliştirgan holda tadqiq etdilar. Natijada mazkur sulolaning nasabnomasidagi ma'lumotlar tahlil va tahrir etildi hamda yangi rulon (örama) şajara tayyorlandi.
Ma’lumot örnida: Hazrati Maxdumi A’zam Kosoniy Dahbediy (q.s.) xonadonining yirik namoyandalaridan biri Sayyid Hidoyatulloh Ofoqxoja 1625 yilda tuğilgan bölib, Şarqiy Turkistonning ijtimoiy-siyosiy va madaniy-ma’rifiy hayotiga juda katta ta’sir körsatgan. Hidoyatulloh Ofoqxoja Maxdumi A’zam hazratlarining tönğiç öğli Xoja Kalon Muhammad Aminxojaning uçinçi farzandlari bölmiş Muhammad Yusufxojaning katta öğli bölib, tasavvuf va davlat siyosati borasida katta nufuzga ega bölgan va «Ofoqxoja» (ya’ni, ufq va qutb ma’nosida) kuniya laqabini olgandir. Mustaqillik davrida çop etilgan ba’zi asarlarda biror aniq manba körsatilmagani holda, Sayyid Ofoqxojani Xoja Is'hoq Valiyning (ya’ni, Maxdumi A’zamning kenja farzandining) öğli, degan xato fikrlar çop etilgan. Lekin barça ahamiyatga molik qadimiy kitoblar, manbalar, hujjatlar va Dahbed xonaqohidagi qadimiy qabrtoşdagi nasabnoma yozuvlari fikrimizni töğri ekanini tasdiqlaydi. Muhammad Sodiq Qaşqariyning «Tazkirai azizon» kitobida, Mirzo Muhammad Haydar Duğlatning «Tarixi Raşidiy» (asarining turkiy tilda tarjima qilingan ilovasi)da, Mir Xoliddin al-Yorkandiyning «Hidoyatnoma», Şoh Mahmud Çarosning «Ta’rix» kabi asarlarida Sayyid Hidoyatulloh Ofoqxoja Hazrati Xojai Kalon Muhammad Aminxoja Dahbediyning Muhammad Yusufxoja degan öğlidan tuğilganligi bayon qilingan. XVII asrning ikkinçi yarmida Yorkent taxtida çiğatoylar sulolasiga mansub Ismoilxon hukmronligi davrida (1670–1682) Sayyid Hidoyatulloh Ofoqxojaning taxt uçun kuraşi boşlanadi va xonlik taxtiga çiqadi. Mana şuning bilan 300 yil davom etgan çiğatoy avlodlari hukmronligiga çek qöyilib, Şarqiy Turkistonda xojalar (Payğambar alayhissalom avlodlari) sulolasiga asos solinadi. Sayyidlar sulolasi Şarqiy Turkistonda 78 yil hukm surgan. Sayyid Hidoyatulloh Ofoqxojadan söng Xonxoja, Mahdixoja, Burhoniddinxoja, Xojai Jahon Xoja kabi farzand, nabira va qarindoşlari hukm surişgan. 1760 yilga kelib esa Xitoyning Çin sulolasi Şarqiy Turkistonni bosib olgaç, xojalar sulolasi hukmronligi tugatilgan. Sayyid Hidoyatulloh Ofoqxoja siyosiy faoliyatidan taşqari tasavvuf bobida zamonasida yirik maşoyix ham edi. Şu bilan birga u nazmda ham qalam tebratib, ayni vaqtda boşqa iqtidorli şoirlarga piru ustozlik qilgan. Sayyid Hidoyatulloh Ofoqxoja 1105 hijriy (milodiy 1694) yilda Yorkent (Qaşqar)da vafot etgan va öşa yerda dafn etilgan.

Bugun Toşkent şahridagi “Turkiston Sayyidlari va Eşonlari” xalqaro taşkilotining ofisida rais dr. Sayyid Sardorxon Jahongir Jiyloniy Hasaniy hazratlari, nasabşunos naqib Sayyid Ilhomxon Bahodir Razzaviy Husayniy hamda mazkur sulola vakili Xöjabekov Sayyid Muhammad Yusuf eşonbobo iştirokida uçraşuv bölib ötdi. Uçraşuvda «Turkiston Sayyidlari va Eşonlari” xalqaro taşkiloti raisi ustoz dr. Sayyid Sardorxon Jahongir şajaraşunoslik va manbaşunoslik faoliyati haqida hamda naqobat taşkiloti töğrisida ma’lumot berib ötdilar. Suhbat yakunida Sayyid Ofoqxoja avlodlaridan bölgan - Xöjabekov Sayyid Muhammad Yusuf eşonboboga xalqaro miqyosda tasdiqlangan yangi rulon (örama) şajara va maxsus sertifikat taqdim etildi. Taqdimotdan söng mazkur sulolaning uluğ bobokalonlari ruhi poklariga va hozirgi avlodlari haqqiga duolar qilindi.


"Turkiston Sayyidlar va Eşonlari" xalqaro taşkiloti, Matbuot xizmati










