banner

MUFTIY HAZRAT NURIDDIN DOMLA BILAN UCHRASHUV

“Turkiston Sayyidlari va Eshonlari” xalqaro tashkiloti raisi Sayyid Sardorxon Jahongir O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, Muftiy Nuriddin domla Holiqnazarov hazratlari bilan uchrashdilar.
Muloqotda “Turkiston Sayyidlari va Eshonlari” xalqaro tashkiloti raisi, islomshunos olim dr. Sayyid Sardorxon Jahongir tomonidan tayyorlangan va yurtimizda ilk bora nashr etilgan Qur’oni Karim ma’nolarining so‘zma so‘z tarjimasi kitobi Muftiy hazratlariga hadya qilindi. Shuningdek, Muftiy hazratlari bilan Markaziy Osiyoda yagona bo‘lgan “Turkiston Sayyidlari va Eshonlari” xalqaro tashkiloti tomonidan olib borilayotgan shajarashunoslik va manbashunoslik faoliyati haqida fikr-mulohazalar almashildi. Jumladan, xalqaro tashkilot dunyodagi yigirmadan ziyod “Shajaralarni tadqiq etish va tasdiqlash” xalqaro naqobat markazlari bilan ilmiy hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yganligini yuksak e’tirof etdilar. Xususan, diyorimizdan yetishib chiqqan ulug‘ zotlarning ilmiy-madaniy meroslarini o‘rganish, ularning avlodlari nasabnomasini, qadimiy qo‘lyozma shajaralar va silsilalarini tadqiq qilish hamda xalqaro darajada tasdiqlash masalalari bo‘yicha ijobiy fikr-mulohazalar bildirdilar.
Uchrashuv so‘nggida, ushbu xayrli faoliyatni yurtimizda keng rivojlantirish zarurligi ta’kidlandi hamda ulkan muvaffaqiyatlar tilab duoi fotihalar qilindi.

Turkiston Sayyidlari va Eshonlari» xalqaro tashkiloti MATBUOT XIZMATI

Yangiliklar

MUFTIY HAZRAT NURIDDIN DOMLA BILAN UCHRASHUV | Shajara