banner

TURKISTON SAYYIDLARI VA ESHONLARI XALQARO TASHKILOTIDAN TAYINLOV

Akademik Sayyid Kamron Jiyloniy Al-Hasaniy “Turkiston Sayyidlari va Eshonlari” xalqaro tashkiloti‎ning “Naqib al-Ashraf”i etib tayinlandi.
Toshkent, 2025-yil 5-noyabr — Bugun ‎ “Turkiston Sayyidlari va Eshonlari” xalqaro tashkiloti‎da muhim voqea yuz berdi.
“Turkiston Sayyidlari va Eshonlari” xalqaro tashkiloti raisi, akademik Sayyid Sardorxon Jahongir tomonidan imzolangan qarorga ko’ra, taniqli olim, akademik Sayyid Kamron Jiyloniy Al-Hasaniy (Kamron Shaniyazov) tashkilotning mintaqa bo’yicha Naqıb al-Ashraf etib tayinlandi.

Yangi Naqib al-Ashrafning vakolatlari:

Taqdim etilgan rasmiy tasdiqlovchi hujjatga ko’ra, Sayyid Kamron Jiyloniyga quyidagi mas’uliyatli vazifalar va huquqlar yuklatildi:
Nasab shajaralari: Shajaralarni tuzish, ilmiy tadqiq qilish va ularning haqiqiyligini tekshirish;
Tasdiqlash: To’g’ri nasab shajaralarini rasman tasdiqlash va ular uchun maxsus sertifikatlar taqdim etish;
Hujjatlashtirish: Shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarni berish, qadimiy hujjatlar va qo’lyozmalarni ekspertizadan o’tkazish;
Tashkiliy faoliyat: Nasabnomalar bo’yicha umumiy ishlarni yuritish va ushbu faoliyatni amalga oshirish uchun maxsus bo’lim ochish.

Shajaraviy ildizlar va ilmiy faoliyat:

Sayyid Kamron Jiyloniy 1976-yilda Toshkent shahrida tug’ilgan bo’lib, u Islom olamining ulug’ mutasavvifi, Qodiriyya tariqatining asoschisi Sayyid Abdulqodir Jiyloniy hazratlarining avlodlardan hisoblanadi.
Uning faoliyati ilm-fan va ma’rifat bilan uzviy bog’liq:
Ilmiy darajasi: Sharqshunos-filolog, siyosiy fanlar bo’yicha falsafa doktori (PhD), Turon Fanlar Akademiyasining akademigi.
Mualliflik ishlari: Olimning qalamiga mansub “Nurli qalblar”, “Avliyolarim” va “Sahobalarning avlodlari” kabi 3 ta nufuzli monografiya chop etilgan.
Media faoliyati: “O’zbekiston tarixi” telekanalida Xoja Ahror Valiy, Shayx Hovandi Tohur va Sayyid Abdulqodir Jiyloniy hayotiga bag’ishlangan turkum ko’rsatuvlar orqali xalqimizga tariximizni yetkazishda faol ishtirok etib kelmoqda.

Ma’naviy merosni asrash yo’lida:

Ushbu tayinlov mintaqamizdagi muqaddas nasab vakillarini birlashtirish, shajara ilmini (ilm al-ansob) tizimlashtirish va tarixiy haqiqatlarni tiklash yo’lidagi ulkan qadamdir. Akademik Sayyid Kamron Jiyloniyning boy ilmiy tajribasi va uning shajaraviy merosi ushbu sharafli vazifani yuqori saviyada ado etishiga xizmat qiladi.
Fursatdan foydalanib, Akademik Sayyid Kamron Jiloniy Al-Hasaniyni ushbu yuksak va mas’uliyatli maqom bilan samimiy muborakbod etamiz! Bu xayrli faoliyatda u kishiga ulkan zafarlar, sihat-salomatlik va ma’naviy yo’lda sobitqadamlik tilaymiz. Ushbu sharafli tayinlov yurtimiz ma’naviyati va ilm-fan rivojiga munosib hissa bo’lib qo’shilsin!

Hurmat bilan,

“Turkiston Sayyidlari va Eshonlari” xalqaro tashkiloti ilmiy jamoasi.

Yangiliklar

TURKISTON SAYYIDLARI VA ESHONLARI XALQARO TASHKILOTIDAN TAYINLOV | Shajara