banner

MUSTAQILLIK BAYRAMI MUBORAK BO'LSIN

Qadrli yurtdoshlar!
Barchangizni - O‘zbekiston mustaqilligining 33 yilligi bayrami bilan chin qalbimizdan samimiy muborakbod etamiz!
Mustaqillik biz uchun tarixiy qadriyatlarimiz, urf-odatlarimiz, milliy a’analarimizni tiklash, o‘zligimizni, qanday ulug‘ ajdodlarning avlodi ekanligimizni anglash, buyuk tariximizni tiklash, yangi farovon hayotni qurish imkonini bergani bilan qadrlidir.
Siz azizlarga uzoq umr, mustahkam sog‘lik-omonlik, oilaviy tinchlik-xotirjamlik, zahmatli va sharafli ishlaringizda kuch-g‘ayrat, zafarlar tilab qolamiz.
Mustaqil O‘zbekistonimiz va vatanparvar xalqimizni Alloh o‘z panohida asrasin!
Qutlug‘ ayyom – Mustaqillik bayramingiz Muborak bo‘lsin!

Hurmat va ehtirom ila,

«Turkiston Sayyidlari va Eshonlari» xalqaro tashkilotining ilmiy jamoasi.

Maqolalar

MUSTAQILLIK BAYRAMI MUBORAK BO'LSIN | Shajara